Farg‘onada «Butunjahon nodavlat notijorat tashkilotlari kuni» nishonlandi

Farg‘onada «Butunjahon nodavlat notijorat tashkilotlari kuni» nishonlandi

27-fevral — «Butunjahon nodavlat notijorat tashkilotlari kuni» sifatida nishonlanib keladi. Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da ham ana shu sanaga bag‘ishlab viloyat hokimligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi viloyat bo‘linmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasiga hayotimizning boshqa muhim sohalari va ustuvor yo‘nalishlari qatori faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish, jamoatchilik nazorati institutlarini yanada rivojlantirishga oid normalar kiritilganligi va ushbu normalarni hayotga keng joriy qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, bu borada qabul qilingan Prezident Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib o‘tdilar.

Tadbir davomida ijtimoiy dolzarb muammolarni xal etishda NNTlarning ishtiroki, davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik va o‘zaro hamkorlik, NNTlar tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ijtimoiy foydali loyihalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, 2024 yilda tashabbuskorlik ko‘rsatgan va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda faol bo‘lgan NNT vakillariga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, hududiy bo‘linmaning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Отправить комментарий