Nuqsonli ekanligi da’vo qilingan noutbuk uchun to‘langan pul iste’molchiga qaytarildi

Nuqsonli ekanligi da’vo qilingan noutbuk uchun to‘langan pul iste’molchiga qaytarildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Sohil ko‘chasida X.J.ning 5 200 000 so‘mga sotib olgan noutbukni nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida noutbukni shahardagi do‘konlardan biridan sotib olganini, bir hafta ishlatmasidan nuqsonlari mavjudligi aniqlaganini, sotuvchiga bu borada murojaat qilib natijaga erisha olmaganini bayon qiladi. Murojaatni o‘rganish davomida iste’molchi tomonidan berilgan qo‘shimcha tushuntirishlardan ma’lum bo‘lishicha, noutbukning ichki sovutish tizimi yaxshi ishlamayotganligi bois, unda qattiq qizib ketish, ish jarayonini qattiq sekinlashib ketishi va vaqti-vaqti bilan qotib qolish holatlari kuzatilavergan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchining tovardan aniqlangan nuqsonlar sabab uni almashtirish, nuqsonlarni bepul bartaraf etish yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish kabi talablari qonunda belgilangan muddatlar ichida ko‘rib chiqilishi shart, aks holda iste’molchida shartnomani bekor qilib tovar uchun to‘langan pulni qaytarib olish huquqi vujudga keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilib, iste’molchining qonuniy talablari ijrosini ta’minlash borasida muzokaralar olib borildi. O‘rganish yakunlari bilan nuqsonli ekanligi da’vo qilingan noutbuk sotuvchiga, tovar uchun to‘langan puli esa iste’molchiga qaytarildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Отправить комментарий