Kutubxona xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkillandi

Fargona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan viloyat Bolalar kutubxonasi xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati va uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan o‘rni va roli xususida so‘z bordi.

Dastlab shahar jamiyati raisi Nodirjon Toshkanov tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid qonunosti me’yoriy hujjatlari, ularni amaliyotda qo‘llash, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida axborotlar va tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid fikr va mulohazalari, sohadagi qonunchilik va tartib-qoidalarni yanada rivojlantirish borasidagi fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi. Tadbir yakunlariga ko‘ra, kutubxonada Federatsiyaning tayanch guruhini tashkillash va ishchi xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimlarini oshirshi, ularning bu boradagi huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarida keng qamrovli hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassisi