Bag‘dodda tayanch guruhlari faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida 58-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdilar.

Tadbirda tuman jamiyati mas’ullari va tayanch guruhi a’zolari o‘rtasida Federatsiya va uning hududiy tizimlarida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida fikrlar almashildi, tayanch guruhi a’zolarini iste’molchi sifatida sohaga oid masalalarda qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi, ularning kundalik turmush jarayonida uchrab turadigan ayrim muammolar va ularning yechimlari yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalari eshitildi.

Bu kabi tadbirlar Federatsiyaning tumandagi boshqa tayanch guruhlarida ham joriy yilning may-iyun oylarida tizimli asosda davom ettiriladi.

Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassisi