Federatsiya a’zolari bilan muloqotlar davom etadi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2022 yil 7 maydagi IT/01-29- sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni tartibli va samarali o‘tkazilishini taminlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan Beshariqda tayanch guruhlari a’zolari ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillanmoqda.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tayanch guruhlari a’zolariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tish, Federatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarish, ularni sohaga oid masalalardagi muammolarini tinglash, sohani yanada rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr va mulohazalar almashib borishdan iborat.

Bugun mazkur tadbirlar tumandagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida va 12-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham o‘tkazildi.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman jamiyati mutaxassisi