Mutaxassislar va jamoatchilik vakillari uchun o`quv amaliy seminar o`tkazildi

Bugun Oltiariq tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5 tashabbus doirasida «Biz jinoyatchilikka qarshimiz» shiori ostida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarga Oltiariq tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Muhiddin Teshaboev, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlarii – Umida Qodirova va Baxtiyor Abduraxmonov, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Zohidjon Latipov, Oltiariq tumani ma’naviyat bo‘limi rahbari Alisher Xonkeldiev, tuman maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha maktab targ‘ibotchilari hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni childirma sadolari ostida, bayramona kayfiyatda kutib olindi. Mehmonlar turli xil psixologik o‘yinlarda, zakovat o‘yinida qatnashib, 5 tashabbus bo‘yicha tuzilgan savollarga javob berdilar. Ayniqsa, «Shar ostidagi yashirin tilaklar o‘yini» mehmonlarni kayfiyatini yanada ko‘tardi.

Seminar ishtirokchilari maktabning xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Dadaboeva boshchiligida tashkillangan 5-sinfdan 11- sinfgacha bo‘lgan o‘quvchi qizlar tomonidan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan milliy taomlarni ko‘rib, baho berdilar. Shuningdek, milliy liboslar, gullar, qushlar, milliylik ruhida yasatilgan so‘rilar, multqahramonlarning bayramona chiqishlari namoyish qilindi. O‘quvchilarning qo‘l mehnati bilan yasalgan ko‘rgazmalari, chizgan rasmlari hamda
o‘zlari to‘qigan va tikkan buyumlari mehmonlarni kayfiyatini ko‘tardi.

So‘ngra tashrif buyurgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha pisa, pirls, timss xalqaro tadqiqotlari” mavzusida amaliy o‘quv boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari M.Omonova,S Qahhorova va M.Muqimova tomonidan o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, adabiyot, geografiya, nemis tili, biologiya, matematika, tasviriy sanat, jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, huquq fanlaridan mahorat darslari otib berildi. Dars kuzatuvchilari bildirgan ijobiy fikrlar natijasida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Madumarjon Turdimatovning o‘tib bergan mahorat darsini viloyat miqyosida ommalashtirish taklifi berildi.

Bundan tashqari sportning shaxmat, shashka, yengil atletika, kurash turlari bo‘yicha Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari M.Mo‘minova va I. Abdurazzoqov tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kichik musobaqalar tashkillandi. Tikuvchilik, to‘quvchilik, rassomchilik, pazandachilik sohalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar o‘z ijod namunalarini amaliy tarzda namoyish etdilar.

Mahorat darslaridan so‘ng seminar ishtirokchilari uchun tadbir namoyish etildi. Tadbirni maktab direktori Xusniddin Tovusov ochib berdi va yig‘ilganlarga «5 ta tashabbus» bo‘yicha maktabda olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha so‘zlab berdi. Shundan so‘ng maktabning matematika va kimyo fani o‘qituvchilari Nigoraxon Ibragimova va Zulhumor Dadaboevalar mahorat bilan tashkilladilar. Tadbir jarayonida maktab o‘quvchilarining besh tashabbus doirasida tayyorlagan o‘z iste’dodlari bo‘yicha chiqishlari, maktab ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targibotchisi Orzu Parpieva va ijodkor o‘quvchilarning oz ijodidan o‘qigan she’rlari, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan ijro etilgan lapar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Dilobar Dadaxonova

Oltiariq tuman jamiyati mutaxassisi