Maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» doirasida shahardagi 1-maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tashkilotda Federatsiyaning tayanch guruhi (boshlang‘ich tashkiloti) tashkillangan bo‘lib, bu yerda mehnat faoliyati olib boruvchi ishchi xodimlarning huquqiy bilimini oshirish, ularning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish borasida ancha vaqtlardan buyon samarali hamkorlik olib borilmoqda.

Tadbir davomida tayanch guruhi faollariga Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, Federatsiya tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyihalar, Federatsiyaning xalqaro hamkorligi, uningu hududiy ijro etuvchi tashkilotlari, xususan Marg‘ilon shahar jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha axborotlar berib o‘tildi.

Shuning bilan birgalikda, Federatsiya tomonidan a’zolarning murojaatlari bilan ishlash, ularga bu borada xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida tashkillangan qulayliklar, iste’molchilarning murojaatlarini hal qilinishi yakunlari yuzasidan hаm ma’lumotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi