Tayanch guruhlari a’zolari bilan ishlash oyligida

Toshloq tumanida «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi»ni o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Federatsiyaning hududdagi tayanch guruhlari faollari va a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Tuman Xalq ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan tadbir ham ana shu maqsadga qaratildi.

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullarining bo‘lim mudiri va tayanch guruhi a’zolari bilan bo‘lgan muloqotlarida Federatsiya va uning hududiy tizimlarida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida fikrlar almashish barobarida, tayanch guruhlari a’zolarini iste’molchi sifatida sohaga oid masalalarda qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi. Shuningdek ular tomonidan kundalik turmush jarayonida uchrab turadigan ayrim muammolar va ularning yechimlari yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalari eshitildi.

Tumanda Federatsiya a’zolari bilan muloqotlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi