Tayanch guruhlari faollari bilan uchrashilmoqda

O‘zbekiston tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida 24-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Tadbir ishtirokchilariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida axborotlar berib o‘tildi. Tuman jamiyati vakillari va tayanch guruhi a’zolari iste’molchilarning huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini yanada oshirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni son va sifat jihatidan yaxshilash borasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar berildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, tuman jamiyati va ta’lim tashkiloti o‘rtasida sohaga oid masalalarda yanada yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Tuman jamiyati tomonidan oylik doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Isomiddin Abbasov
O‘zbekiston tuman jamiyati mutaxassisi