Hamkorlik aloqalari yanada yaxshilanmoqda

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internati xodimlari bilan “Iste’molchilar ta’lim sifatidan qoniqyaptimi?” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.

Dastlab tadbir ishtirokchilariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida axborotlar berib o‘tildi. Tuman jamiyati vakillari va tayanch guruhi a’zolari iste’molchilarning huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini yanada oshirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni son va sifat jihatidan yaxshilash borasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar. Shuningdek tadbir ishtirokchilarining qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan bergan savollariga javoblar qaytarildi.

Shundan so‘ng barchaning iste’molchiligidan kelib chiqib, ta’lim maskanida yoshlarga bilim berish borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada erishilayotgan yutuqlar, mavjud muammo va kamchiliklar, Federatsiya tizimidagi tashkilotlarga kelib tushayotgan ta’lim sohasiga oid murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar to‘g‘risida fikr va mulohazalar almashildi.

O‘tkazilgan tadbir yakunlariga ko‘ra, tuman jamiyati va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni davom ettirish hamda hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilashga kelishib olindi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi