Federatsiya a’zolari ishtirokida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan shahar hududidagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tashkillangan Federatsiya tayanch guruhlarida “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasidagi tadbirlarni o‘tkazib bormoqdalar. Shahardagi viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida Federatsiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Ushbu shifoxonada Federatsiya tayanch guruhi uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Shahar jamiyati mas’ullari shifoxona xodimlari o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib turadilar. Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, Federatsiya a’zolarining huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularni sohaga oid so‘ngi yangiliklardan, iste’molchilik haarkatiga doir qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatidan xabardor qilib borishdan iboratdir.

Mazkur tadbirda ham uning ishtirokchilariga odatdagi zaruriy axborotlarni berish barobarida, a’zolarni sohaga oid masalalardagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi, ularning savollariga javoblar qaytarildi. Kundalik turmush jarayonida iste’molchilik sohasiga oid masalalarda muammolarga duch kelganda Federatsiya tizimi tashkilotlari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushuntirishlar berib o‘tildi.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi