Tayanch guruhlari a’zolari ishtirokida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlardan biri 25-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida axborotlar berib o‘tildi. Tuman jamiyati vakillari va tayanch guruhi a’zolari iste’molchilarning huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini yanada oshirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni son va sifat jihatidan yaxshilash borasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar berildi.

Bu kabi tadbirlar tumandagi 14 va 18-MTTlarda ham bo‘lib o‘tdi. Oylik doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Isomiddin Abbasov
O‘zbekiston tuman jamiyati mutaxassisi