Marg‘ilonda tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi tadbirlari davom etmoqda

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati mutahassislari ishtirokida Marg‘ilon shaxrida joylashgan 2-maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilshi rejalashtirilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, uning davomida ishchi xodimlarni iste’molchi sifatida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishlicha tavsiya, tushuntirish va huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi