Sayyor qabulni tashkillash va o‘tkazish ishlarida davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi

Sayyor qabulni tashkillash va o‘tkazish ishlarida davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi

Joriy yilning 19 avgust kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qo‘shtepa tumani Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirni tashkillash va o‘tkazish ishlarida Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ham hamkorlik qildilar.

Sayyor qabulda ishtirokchilarning quyidagi masalalar bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi:

– Iste’molchi sifatida huquqlar buzilishi holatlari;
– Savdo va xizmat ko‘rsatish (kommunal, transport, aloqa va boshqalar) sohasidagi muammolar;
– Tadbirkorlik faoliyatida duch kelinayotgan sun’iy to‘siqlar va nohalol raqobat holatlari;
– Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi bo‘yicha holatlar.

Qabulda har bir murojaat qonun doirasida atroflicha ko‘rib chiqilib, joyida hal etilishi imkoni bo‘lgan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa boshqarma rahbariyati hamda Qo‘shtepa tuman jamiyati mas’ullari tomonidan qayd qilib olinib, shaxsiy nazoratga olindi.

Post Comment