Iste’molchilar murojaatlari va ularni hal qilish imkoniyatlari (audio)
Iste’molchi sifatida huquqingiz buzildimi? Gaz, suv, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida muammoga duch keldingizmi?
Qayerga murojaat qilish kerak?
Murojaat haqiqatan ham natija beradimi?
Iste’molchi foydasiga mablag‘ undirilishi mumkinmi?
Ushbu savollarga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi rais o‘rinbosari-ijrochi direktor D.Fozilov bilan bo‘lib o‘tgan radiomuloqotimizda javob topasiz.
Avgust oyining o‘zida hududiy birlashmaga 251 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 106 tasi ijobiy hal qilinib, iste’molchilar manfaatiga 28 million 407 ming 240 so‘m mablag‘ undirilgan.
Eng ko‘p murojaatlar esa gaz ta’minoti, suv ta’minoti va savdo sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Murojaat qilish tartibi, iste’molchining huquqlari va muammoni qanday hal qilish mumkinligi haqida batafsil radiomuloqotimizni tinglang!
Audioni tinglang — huquqingizni biling va himoya qiling!



Post Comment