Seminarlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

Seminarlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

Fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida joylarda o‘quv seminar va davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqdamiz. Ularda aholi vakillari faollik bilan ishtirok etib, turmushlarida duch kelayotgan muammolarni o‘rtaga tashlab, mutaxassislardan kerakli javoblar olishayotir.

Toshloq tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 7 va 25-maktabgacha ta’lim muassasalarida “Bolalar – kelajagimiz bunyodkori” mavzusida tashkillangan o‘quv seminarlari ham ayni shu maqsadga qaratildi. Unda tashkilotlarning pedagogik jamoasi ishtirok etib, huquqiy savodxonliklarini oshirishdi.

Seminarda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi E. Mirzaumarov O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari haqida batafsil to‘xtalib, ulardagi bola huquqlari masalalariga bag‘ishlangan bandlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek tadbirlarda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari Sh. Hakimov hamda tashkilotlar rahbarlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment