Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tadbir tashkillandi
Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan 7-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Iste’molchi kim? Uning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir tashkilotchilari yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdilar. Xususan, iste’molchi kim, u qanday huquq va majburiyatlarga ega, huquqlari poymol bo‘lgan taqdirda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerak, zarur hollarda kimga yoki qaerga murojaat qilish mumkin kabi masalalarga alohida to‘xtalib, batafsil tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olish barobarida, turmushlari va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslaxatlar ham olishdi.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment