Nuqsonli tovar aynan shu rusumdagi maqbul sifatdagisiga almashtirildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Yormozor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.E.ning Federatsiya 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi o‘z murojaatida, «Ishonch» savdo do‘konidan «BQ» rusumli uyali telefon apparatini 2 mln 800 ming so‘mga xarid qilganligi, lekin telefon apparatida kafolat mudddati ichida nuqsonlar kuzatilib, bir necha bor ta’mirlanganligini ma’lum qilib, jiddiy nuqsonli tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Mazkur murojaat o‘rganilishi davomida sotuvchining mas’ul xodimlari bilan uchrashilib, amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Ushbu holatda iste’molchining talabi qonuniy ekanligini tushunib yetgan sotuvchi tomonidan nuqsonli telefon aynan shu rusumdagi boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi.
Usmonjon Ruziyev
Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Post Comment