Farg‘ona shahar jamiyati sa’y-harakatlari bilan sud buyrug‘i bekor qilindi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Oltiariq tumani «Qiziltepa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi hamda Farg‘ona shahridagi tashkilotlardan birida mehnat faoliyati olib boruvchi D.Q.ning unga nisbatan asossiz ravishda hisoblangan qarzdorlik va bu borada chiqarilgan sud buyrug‘ini bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.
Fuqaro murojaati asosida o‘tkazilgan o‘rganish ishlarida uning tomonidan keltirilgan vajlarning asosli ekanligi isbotini topgach, fuqaro D.Q.ning manfaatlarini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga e’tiroznoma kiritildi. E’tiroznoma joriy yilning 21 avgust kunida sudda ko‘rib chiqilib, sud fuqarodan «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJ foydasiga 802 000 so‘m asosiy qarz va 15 000 so‘m pochta harajati hamda 300 000 so‘m davlat bojini undirish bo‘yicha chiqarilgan 2-1501-2203/51873-sonli sud buyrug‘ini bekor qilish bo‘yicha ajrim chiqardi.
Olib borilgan ishlar natijasida fuqaroning huquqi tiklanib, uning moddiy zarar ko‘rishini oldi olindi. O‘rganish yakunlari bilan fuqaroga tegishli ravishda ma’lum qilindi.
Azamatjon Babayev,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment