Jamoatchilik nazorati tadbirlari
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishini ta’minlash, aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarilishi va realizasiya qilinishi holatlariga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joylardagi bozorlar, savdo va umumiy ovqatlanish shohobchalarida jamoatchilik nazorati tartibida monitoring (kuzatuv-o‘rganish)lar o‘tkazib borilmoqda.
Shunday o‘rganishlar Oltiariq tumanida ham o‘tkazilib, hududdagi Dehqon bozorlarida sotishga mo‘ljallangan mahsulotlarni bozorlar qoshida tashkil qilingan Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari ko‘rigidan o‘tkazilib, laboratoriyalarning tegishli ijobiy xulosasi asosida aholiga realizasiya qilinishiga ruxsat berilishi jarayonlari kuzatuvdan o‘tkazildi.
O‘rganish ishlari davomida bozorlar ma’muriyati, laboratoriyalar mas’ul xodimlari, shuningdek sotuvchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, qonunchilik talablariga nomuvofiqlik holatlarini joyida bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rildi. Hozirda o‘rganish ishlari tuman hududidagi savdo va umumiy ovqatlanish obe’ktlarida davom ettirilmoqda.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment