Masala iste’molchi foydasiga hal bo‘ldi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi S.O‘.ning Farg‘ona shahridagi egaligidagi xonadonning tabiiy gaz to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilingan murojaati o‘rganildi.
Fuqaroga ko‘ra, u Farg‘ona shahridagi Tinchlik ko‘chasida joylashgan xonadonga egalik qilib, asli boshqa manzilda istiqomat qiladi. Ularning oilasi ushbu xonadonda yashamaganliklari sababidan shahar gaz idorasi tomonidan chiqarilgan 1 222 000 so‘m qarzdorlik ham asosga ega emas, deb hisoblaydi va masalasiga o‘z kuchi bilan oydinlik kiritib, hal qila olmaganligi sababli mazkur masalani o‘rganib chiqib, aniqlik kiritib berilishini so‘raydi.
Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish davomida iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarning o‘rinlik ekanligi, xonadonga qarzdorlikni yuzaga kelishi sababi esa eski rusumdagi hisoblagichlarni yangi zamonaviy hisoblagichlarga almashtirilishi jarayonidagi e’tiborsizlik va ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri kiritish oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari davomida mazkur masalada «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali Farg‘ona shahar bo‘limidan fuqaroning «foydalanilgan tabiiy gaz uchun amalga oshirgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilish uchun kerakli barcha hujjatlari jamlanildi va noto‘g‘ri hisoblangan summani komissiya tomonidan olib tashlanib fuqaro murojaati ijobiy hal qilinishini ma’lum qilamiz» mazmunidagi javob xati ham olindi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment