Xatolik fuqaro zimmasiga o‘n besh million so‘mlik majburiyat yuklanishiga sabab bo‘lgan
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Qo‘g‘oli» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi U.A.ning soliq idorasidan kelayotgan 15 000 000 so‘m qarzdorlikka aniqlik kiritib berilishida amaliy yordam so‘rab qilingan murojaati o‘rganildi.
Fuqaro murojaatida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar-joylar uchun soliqlarni muntazam to‘lab kelishini, undan to‘lanishi talab qilinayotgan qarzdorlik ko‘rsatilgan hujjatdagi kadastr raqami unga tegishli emasligini, ushbu muammoga o‘z kuchi bilan aniqlik kirita olmayotganligini ma’lum qilib, muammoni hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Fuqaro murojaati asosida tuman Soliq inspeksiyasi va Davlat kadastrlar palatasining tuman filialiga so‘rov xatlari kiritildi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida fuqaroning nomida 2 ta turar joy mavjudligi, «Ko‘chmas mulk-3» dasturiga ma’lumotlarni kiritishda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilishi natijasida fuqaroga unga tegishli bo‘lmagan kadastr raqami birikib qolganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida xatolik bartaraf etilib, fuqaroga 15 000 000 so‘m jarima yuklayotgan noturar joy «Ko‘chmas mulk-3» dasturidan o‘chirilishiga va soliq bazasiga yuklanishiga erishildi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment