Fuqaro olti million so‘m zarar ko‘rishining oldi olindi

Fuqaro olti million so‘m zarar ko‘rishining oldi olindi

Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanilik U.X.ning parranda tuxumlarini ochirish uchun inkubator xarid qilganligi va uni nuqsonli chiqqanligi holati yuzasidan Bosh prokuratura ishonch telefoniga qilgan murojaati masalaning hududiy tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.

Fuqaroga ko‘ra, Bag‘dod tumanidagi «Smart box» xususiy korxonasidan 2023 yilning 17 aprel kunida 6 000 000 so‘mga xarid qilingan inkubator qurilmasiga 6 oylik kafolat muddati belgilangan bo‘lib, qurilma xarid qilingandan so‘ng 2-3 oy ishlatilishi jarayonida unda nuqsonlar kuzatilgan. Iste’molchining korxona mas’uliga telefon orqali bog‘lanib nuqsonlarni bartaraf etib berilishi, aks holda pulini qaytarilishi bo‘yicha qo‘ygan talablari esa qanoatlantirilmasdan qolib kelgan.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida korxona mas’ullariga yuzaga kelgan holatda amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining huquqlari va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)ning majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. O‘rganish yakunlari bilan esa nuqsonli qurilma korxonaga qaytib olinib, fuqaroga 6 000 000 so‘m puli qaytarilishiga erishildi.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.

Post Comment