Federatsiya raisi o‘rinbosari ishtirokida istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi
Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari ijro apparatlarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari-ijrochi direktor Jamshid Xamroev qatnashdilar.
Yig‘ilish doirasida Federatsiyaning viloyatdagi hududiy tashkilotlari tomonidan o‘tgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Hisobot davrida iste’molchilarning huquqiy bilimini oshirish, ularning murojaatlari bilan ishlash, amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini o‘tkazish yo‘nalishida har bir tuman va shahar jamiyatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamiyat rahbarlarining axborotlari tinglandi. Faoliyatda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.
Yig‘ilishda joriy 2024 yilda Federatsiya tizimi tashkilotlari oldida turgan istiqboldagi vazifalar ham muhokama qilinib, ularni ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment