Ixtisoslashtirilgan maktabda Federatsiya boshlang‘ich tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Marg‘ilon shahar jamiyati tomonidan shahardagi Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarga ixtisoslashtirilgan maktabda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini targiib qilish, shuningdek muassasada Federatsiya tayanch guruhrini tashkil qilish mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqan muassasa direktori M. Sharipova mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ushbu jarayonda jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi S.Xapizov O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati haqida gapirar ekan, tashkilotlarda Federatsiyaning tayanch guruhlari faoliyat olib borishining ijobiy tomonlari, mazkur tayanch guruhlarining vazifalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tgan bo‘lsa, shahar jamiyatining yana bir mutaxassisi X.Muhammedjanov Federatsiya hududiy tashkilotlarining vazifalari, ularning Federatsiya boshlang‘ich tashkilotlari bo‘lgan tayanch guruhlari bilan hamkorligining o‘ziga xos tomonlari haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbir yakunlariga ko‘ra mazkur ta’lim muassasasida Federatsiyaning tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qoyish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment