Nuqsonli chiqqan avtomobil ehtiyot qismi sotuvchiga qaytarildi
Uchko‘prik tumani «Jalaer» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.G‘.ning Qo‘qon shahridan xarid qilingan avtomobil ehtiyot qismi nosoz chiqqanligi yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganilib, o‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga nuqsonli chiqqan avtomobil ehtiyot qismi uchun to‘langan pul summasi qaytarilishiga erishildi.
Iste’molchiga ko‘ra, u joriy yilning 21 yanvar kunida Qo‘qon shahridagi “Baraka savdo” bozorida joylashgan do‘kon sotuvchisi A.dan avtomashina uchun ehtiyot qism xarid qilgan, lekin olib borib o‘rnatilgan ehtiyot qism lozim darajada ishlamagan. Do‘kon sotuvchisiga bu borada qilgan murojaati bilan esa kerakli natijaga erisha olmagan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan holatga oydinlik kiritish maqsadida do‘kon sotuvchisi bilan uchrashilib, unga amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirilishi bilan iste’molchiga bosh og‘rig‘i bo‘lib turgan muammo bartaraf etildi hamda nuqsonli ehtiyot qism sotuvchiga, 600 000 so‘m pul esa iste’molchiga qaytarildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment