Trenerlar uchun trening

Trenerlar uchun trening

Farg‘ona shahrida joriy yil may oyi 20-24-sanalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Appalachi davlat universiteti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonliklar uchun grant takliflarini ishlab chiqish va yozish” loyihasi asosida 5 kunlik trening bo‘lib o‘tgan va unda hududdagi oliy ta’lim muassasalari va NNTlar vakillari ishtirok etib, bu boradagi bilim va malakalarini oshirgan edilar.

Treningning samaradorligini yanada oshirish va olingan bilimlarni aholining ko‘proq qismiga yetkazish maqsadida ishtirokchilar tadbir doirasida olingan bilimlarni ulashish bo‘yicha 5 nafardan iborat kichik guruhlarda o‘zlari mustaqil trening tashkillab o‘tkazishlari yuzasidan Harakat rejalarini ishlab chiqqan edilar. Shu maqsadda bugun trening ishtirokchisi G‘.Mamatkulov tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jurnalistika sohasida faoliyat olib borayotgan 6 nafar mutaxassislar uchun o‘quv tadbiri tashkillandi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga grant loyihalarini ishlab chiqish va yozish, ushbu jarayonda zamonaviy uslub va texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqilayotgan loyihaning maqsad va vazifalari, uni asosida amalga oshiriladigan ishlarni to‘g‘ri tashkillash yuzasidan amaliy va uslubiy maslahatlar berib o‘tilib, grant loyihalarini yozishda qo‘l keluvchi qo‘llanmalar tarqatildi.

Post Comment