Ortiqcha yechib olingan pul mablag‘i qaytarib berildi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg‘ona shahrida yashovchi N.I.ning shartnoma asosida 6 000 000 so‘mlik maishiy texnika buyumlarini qiymatini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olganligi, to‘lovlarni to‘liq to‘lab bo‘lgan bo‘lsada, ish haqi plastik kartasidan ortiqcha pul mablag‘i yechib olingani to‘g‘risidagi arizasi o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida tumanda faoliyati olib borayotgan “VODIY SAVDO-KREDIT PLYUS” MChJ savdo do‘konidan shartnoma asosida qiymatini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan maishiy texnika buyumlari to‘lovlarini to‘liq to‘lab bo‘lganligini, lekin shunday bo‘lsada joriy yilning iyul oyida ish haqi plastik kartasidan ortiqcha 989 000 so‘m pul mablag‘i yechib olinganligini ma’lum qilib, ushbu mablag‘ni qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Murojaat savdo do‘koni mas’ullari bilan o‘rganilishi jarayonida iste’molchi haqiqatdan ham to‘lovlarni to‘liq to‘laganligi, undan ortiqcha pul mablag‘i yechib olinganligi tasdig‘ini topdi. O‘rganish ishlari davomida mazkur pul mablag‘i to‘lig‘icha iste’molchiga qaytarilib, sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda qonunchilik talablariga amal qilish yuzasidan ogohlantirildi.
Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment