RADARDAN KELGAN JARIMAGA ŞUBHANGIZ BÖLSA, QANDAY YÖL TUTIŞ KERAK?
Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foto va video qayd etiş qurilmalari (radarlar) tomonidan haydovçilarning tezligi notöğri qayd etilayotgani, natijada fuqarolarga asossiz jarimalar rasmiylaştirilayotgani haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bölmoqda.
Şunday ekan, agar sizga ham notöğri deb hisoblagan radar jarimasi kelgan bölsa, öz huquqlaringizni biliş va belgilangan tartibda himoya qiliş muhim. Quyida bunday vaziyatlarda nimalarga e’tibor beriş kerakligi haqida töxtalamiz.
Jarimaga şubhangiz bölsa, uni tekşiring
Foto va video qayd etiş qurilmalari ham texnik vosita bölgani sababli ularning işlaşida nosozliklar yoki ölçaş natijalariga ta’sir körsatuvçi xatoliklar yuzaga kelişi mumkin.
Şu bois, radar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik haqidagi qarorni olganingizda, avvalo uni diqqat bilan örganib çiqing.
Bunda qoidabuzarlik sodir etilgan sana va vaqt, joy, transport vositasining davlat raqami, qayd etilgan tezlik va belgilangan tezlik körsatkiçlarini tekşiring. Zarur hollarda qurilmaning texnik holati va metrologik qiyoslaşdan ötganligini tasdiqlovçi hujjatlar haqida ham ma’lumot söraşingiz mumkin.
Radar nosozligi aniqlansa, jarimani bekor qildiriş mumkinmi?
Agar qurilmaning texnik talablarga javob bermasligi yoki metrologik qiyoslaş bilan boğliq muammolar aniqlansa, bu holat tegişli qarorning qonuniyligi va asosliligini baholaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq qurilmaning nosozligi aniqlangani barça avvalgi jarimalar avtomatik ravişda bekor qilinişini anglatmaydi. Har bir ma’muriy qaror böyiça holatlar va dalillar alohida örganilişi lozim.
Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 314 va 315-moddalariga muvofiq, fuqaro öziga nisbatan çiqarilgan ma’muriy qaror ustidan yuqori turuvçi organga yoki jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudiga şikoyat qiliş huquqiga ega.
Şikoyat beriş muddati ham muhim. Kodeksning 316-moddasiga muvofiq, qaror nusxasi olingan kundan e’tiboran ön kun içida şikoyat berilişi mumkin.
Şikoyatda radarning texnik holati, metrologik qiyoslaş hujjatlari, fotosuratdagi holatlar va boşqa dalillarga tayaniş mumkin.
Masalan, suratda bir neçta avtomobil aks etgan bölsa va bu holat qoidabuzarlikni aynan qaysi transport vositasi sodir etganini aniqlaşga ta’sir körsatsa, mazkur holat ham şikoyatda körsatilişi mumkin.
Şikoyat berilsa, qaror ijrosi töxtatiladi
Haydovçilarni köpinça «Jarima ustidan şikoyat qilsam ham, iş Majburiy ijro byurosiga yuborilişi mumkinmi?» degan savol qiziqtiradi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 318-moddasiga muvofiq, belgilangan muddatda şikoyat berilişi ma’muriy jazo qöllaş töğrisidagi qaror ijrosini şikoyat körib çiqilgunga qadar töxtatib turadi.
Şuning uçun qarorga e’tiroz bildirişning özi bilan çeklanmasdan, belgilangan tartibda rasmiy şikoyat beriş zarur.
Agar şikoyat körib çiqilişi natijasida qaror bekor qilinsa, u ijroga qaratilmasligi kerak. Agar jarima avval undirib olingan bölsa, tölangan mablağni qaytariş masalasi ham qonunçilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Huquqlaringizni biling!
Har bir haydovçi öziga nisbatan çiqarilgan ma’muriy qarorning qonuniyligi va asosliligini tekşirişni talab qiliş huquqiga ega.
Şu bois, radar orqali kelgan jarima xabarnomasini befarq qoldirmang. Agar qaror notöğri çiqarilgan deb hisoblasangiz, uni belgilangan muddatda va qonuniy tartibda bahslaşing.
Unutmang, öz huquqlaringizni biliş va ularni qonuniy himoya qiliş — har bir fuqaroning muhim huquqidir.



Post Comment