Uchko‘prikda iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirishni ko‘zda tutuvchi tadbirlar davom etmoqda
Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan 19-maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan tadbir «Iste’molchi kim? Uning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?» mavzusida bo‘ldi.
Tadbir tashkilotchilari yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdilar. Xususan, iste’molchi kim, u qanday huquq va majburiyatlarga ega, huquqlari poymol bo‘lgan taqdirda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerak, zarur hollarda kimga yoki qaerga murojaat qilish mumkin kabi masalalarga alohida to‘xtalib, batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olish barobarida, turmushlari va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslaxatlar ham olishdi.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment