Anomal sovuq kunlarida nosoz holga kelib qolgan hisoblagich ta’mirlab beriladigan bo‘ldi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi O. Y. ning murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, xonadonidagi suv hisoblash uskunasi joriy yilning yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq kunlarida quvurdagi suv muzlashi oqibatida nosoz holga kelib, himoya oynalari singan. Keyinchalik ob-havoning sekin-asta isishi bilan suv hisoblagichning singan himoya oynasi teshigidan suv otilib chiqa boshlagach, u suv hisoblagichni ta’mirlanishi yoki boshqasiga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab suv ta’minoti idorasiga qilgan murojaati bo‘yicha jo‘yali natijaga erisha olmagach, masalani amaliy yechim topishida yordam ko‘rsatilishini so‘rab, Marg‘ilon shahar jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaatni o‘rganish davomida “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJning Marg‘ilon shahar filiali mas’ullariga fuqarolarning murojaatlari hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, O. Y. xonadonidagi suv hisoblagich suv ta’minoti idorasining Metrologiya bo‘limi xodimlari tomonidan ta’mirlanib, xonadonga o‘rnatib beriladigan bo‘ldi.
Abdusattorbek No`monov
Marg‘ilon shahar jamiyati raisi
Post Comment