Nuqsonli tovarga kafolat muddati ichida bepul servis xizmati ko‘rsatilishi ta’minlandi

Nuqsonli tovarga kafolat muddati ichida bepul servis xizmati ko‘rsatilishi ta’minlandi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shaharning B.Marg‘inoniy ko‘chasida istiqomat qiluvchi T.A.ning Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Fuqaro murojaatida shahardagi «Media park» savdo do‘konidan 7 000 000 (etti million) so‘mga «Samsung» rusumli kir yuvish mashinasi xarid qilganligini, lekin oradan bir oy o‘tib-o‘tmay mazkur maishiy texnikada nuqson kuzatilganligi va nuqson kafolat muddati ichida yuzaga kelgan bo‘lsada, bu borada servis xizmatlarini ko‘rsatish ishlari paysalga solib kelinayotganligini ma’lum qilgan.

Murojaat Farg‘ona shahar jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilishi jarayonida sotuvchi bilan uchrashilib, amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi, ushbu texnikaga servis xizmatlari ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni iste’molchining xonadoniga yuborilishi ta’minlandi.

Meni Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatim e’tiborsiz qoldirilmasdan, tezlikda o‘rganib chiqilgani hamda sizlarning aralashuvingiz natijasida sotuvchi kir yuvish mashinasini ta’mirlatib berish vazifasini o‘z bo‘yniga olganligi uchun sizlarga katta rahmat,deydi T.A. o‘rganish ishlari natijalari yuzasidan Farg‘ona shahar jamiyati rahbari nomiga bergan tashakkurnomasida.

Usmonjon Ruziev
Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassisi

Post Comment