Farg‘onada “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Farg‘onada “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Hukumat qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlangan hamda mazkur qarorga ko‘ra, 2021 yildan boshlab har yili aprel’ oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilangandi. Mana joriy yilda III respublika «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkazilmoqda. Haftalik aprel oyining 10-15 sanalarida bo‘lib o‘tmoqda.

Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi jamoasi ham har yili mazkur haftalik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etib bormoqda. Shu maqsadlarda bugun jamoa hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliev boshchiligida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, kutubxona ma’muriyatiga kitoblar jamlanmasi hadya qilindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment