Asqarali Akbaraliyevich Raxmonaliyevning (1958-2010 yy.) yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi
Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar har yili 12 may sanasida Federatsiyaning Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tashkil topgan 2003 yildan to 2010 yillargacha uni boshqargan Asqarali Akbaraliyevich Raxmonaliyevni xotirlaydilar.
Asqarali Akbaraliyevich davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, xususan Quvasoy shahrida hokim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Farg‘ona viloyat tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, “COSCOM” O‘zbek–Amerika qo‘shma korxonasining vodiy bo‘yicha direktori, umrining so‘ngi yillarida esa O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi raisi lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini olib bordi.
U oilada farzandlarga har ishda namuna, mehribon ota, o‘zi mehnat qilgan jamoalarda katta hurmat e’tibor qozongan, tashabbuskor, tadbirkor va uzoqni ko‘ra oluvchi rahbar, inson sifatida saxiy, jonkuyar, qo‘li ochiq, o‘zgalarning tashvishini birinchi o‘ringa qo‘yadigan shaxs edi. Qayerda ishlamasin o‘zidan yetuk, malakali shogirdlar qoldirdi.
Uning porloq xotirasi shogirdlari qalbida yashayveradi.
Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari mehnat jamoalari
Post Comment