Yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududdagi 20 va 21-maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lishib, «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» doirasida tadbir o‘tkazdilar.
Tadbirlar davomida amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va uning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati va sohaga oid yangiliklar yuzasidan atroflicha ma’ulmotlar berib o‘tildi.
Tadbirlar doirasida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida yanada faol ishtirok etib borishga chaqirildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий