Muammo muzokara yo‘li bilan hal etildi
Rishton tumani iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan Z.Xasanova ustaga xonadoniga yangi darvoza o‘rnatish uchun buyurtma bergani, lekin buyurtma bajarilmayotganligi xususida o‘z shikoyatini bildirgan.
Fuqaroga ko‘ra, u Bog‘dod tumanida shu yo‘nalishda ish faoliyatini olib borayotgan tadbirkor S.Vaxobov bilan yangi darvozani 6 million so‘mga kelishib, shundan 5 million so‘mini oldindan bergan. Lekin uning buyurtmasi asosida tayyorlangan darvoza u tadbirkorning mahsulotlari katalogi ichidan o‘zi tanlab buyurtma bergan darvozadan farq qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari ushbu masalada tadbirkor bilan bog‘langanlarida u haqiqatan ham iste’molchidan buyurtma va oldindan to‘lov olingani, lekin buyurtma tayyor bo‘lgach fuqaro tomonidan e’tiroz bildirilayotganligini ma’lum qilib, masalani bartaraf qilish uchun muzokaraga tayyorligini bildirdi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishto‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
Amaldagi qonunning 8-moddasiga ko‘ra, o‘rtada tuzilgan shartnomaga asosan ijrochi iste’molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Odatda shartnomalarni bajarilishi bo‘yicha nizolar yuzaga kelganda masala dastlab tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishiga intilish kerak.
Shuning bilan birgalikda, qonunning 19-moddasiga ko‘ra, agar ijrochi tomonidan shartnoma shartlarini bajarishda nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, iste’molchida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilish huquqi ham mavjud.
Xuddi shunday muzokara jarayonida iste’molchi o‘z e’tirozlari tayyorlangan darvozaning rangi, gullari o‘zi tomonidan tadbirkorning mahsulotlar katalogidan tanlangan mahsulotdan farq qilishini, shu sababli unga tegishli o‘zgartirishlarni kiritgan holda, shuningdek bajarilgan ish bahosi nuqsonlarga mutanosib kamaytirilishi yo‘li bilan oldindan to‘langan 5 mln so‘m bilan to‘liq hisob-kitob amalga oshirilgan deb hisoblanishi bo‘yicha o‘z takliflarini bergandan so‘ng, tadbirkorga iste’molchining ushbu qonuniy talablari tushuntirildi. Tadbirkor shu yo‘l bilan masalani hal qilinishiga o‘z roziligini bildirdi.
Tadbirkor tomonidan tegishli ishlar bajarilgach, darvoza xonadonga olib kelib o‘rnatib berildi.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий