Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun hududiy birlashma Kengashining 2023 yil 1-chorak faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Federatsiya raisi Jahongir Toshpulatovich Sarimsoqov videokonferensaloqa tarzida ishtirok etib, Federatsiya Kengashining 2023 yil 11 aprel kunida o‘tkazilgan 2/23-sonli navbatdagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berib, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan o‘z topshiriq va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

 

Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalar qatorida hududiy birlashmaning joriy yil birinchi choragi faoliyati yakunlari, tizimga kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish natijalari, tizim tashkilotlarini adliya boshqarmasidagi hisob ro‘yxatidan davlat ro‘yxatiga o‘tkazilishi bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalari hamda faoliyatga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash borasida hududiy tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, tanqidiy tahlil qilindi hamda hudud rahbarlariga kelgusida faoliyatni yanada jonlantirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий