Bankomat bilan muomalada hushyor bo‘lish talab etiladi

Bankomat bilan muomalada hushyor bo‘lish talab etiladi

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Elchi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.M.ning bankomatdan pul mablag‘ini olish masalasida duch kelgan muammosi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi ma’lum qilishicha, u Yaypan shahridagi «Dehqon bozori» hududida joylashgan «Kapitalbank» ATBga qarashli bankomatdan naqd pul mablag‘i yechib olish maqsadida o‘zining bank plastik kartasini solib, 500 000 so‘m pulni naqdlashtirish tugmasini bosgach, bankomatdan chiqarib berilgan pul summasini olishga ulgurmagan. Shundan so‘ng bankomatda ko‘rsatilgan telefon raqamiga murojaat qilib vaziyatni tushuntirganida ular tomonidan masala 5 ish kunida hal etib berilishi aytilgan. Lekin oradan va’da qilingan muddat o‘tib bo‘lganiga qaramasdan iste’molchi muammosi yechib berilmagan.

Masalaga O‘zbekiston tuman jamiyati xodimlarining aralashuvi bilan muammo yechib topib, pul summasi iste’molchining bank kartasiga qaytarildi.

Ma’lumki, agar mijoz bankomat tomonidan berilgan pul summasini 30 sekund ichida olmasa, u pulni ichkariga qaytib olib, uni maxsus kassetaga joylab qo‘yadi. Bu pulni olish uchun esa chekni saqlagan holda, bank muassasasiga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Isomiddin Abbasov
O‘zbekiston tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий