Toza ichimlik suvini isrof bo‘lishi holatiga chek qo‘yildi

Toza ichimlik suvini isrof bo‘lishi holatiga chek qo‘yildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Isfayramsoy» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bir guruh fuqarolarning Mirishkor ko‘chasida toza ichimlik suvi quvuri yorilishi oqibatida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf qilinishida amaliy yordam so‘rab qilingan yozma murojaatlari o‘rganildi.

Biz yashaydigan ko‘chaning 372-uy ro‘parasida yo‘l chetiga yotqizilgan ichimlik suvi quvuri yorilishi natijasida ko‘cha va ariqqa toza ichimlik suvi oqib isrof bo‘lmoqda. Shundan bo‘lsa kerak xonadonlarga tortilgan tarmoqlardagi bosim ham biroz pasaygan. Muammoni o‘rganib chiqishingizni iltimos qilib qolamiz, — deyiladi shu ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqarolarning Quvasoy shahar jamiyatiga bergan murojaatida.

Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan «Farg‘ona suv ta’minoti» MCHJ Quvasoy shahar bo‘limi mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganildi. Quvurning yorilib suv oqib chiqayotgan qismidagi tuproq qatlami ochilib, tegishli ta’mirlash ishlari o‘tkazildi hamda toza ichimlik suvini isrof bo‘lishi holatiga chek qo‘yildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Отправить комментарий