Ijro etuvchi apparatlar rahbarlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahridagi «NNTlar uyi»da O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidagi tuman va shahar jamiyatlari ijro etuvchi apparat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, hududda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish yo‘nalishida tuman va shahar jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida tizim tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondlari grant tanlovlarida qatnashish borasida olib borilayotgan ishlar, loyihalarni tayyorlash ishlarida Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi bilan hamkorlik masalalari ham muhokamadan o‘tkazildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий