Iste’molchi muammoasiga oydinlik kiritib berildi

Iste’molchi muammoasiga oydinlik kiritib berildi

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Taxtako‘prik» MFY hududida yashovchi F.Yu.ning tabiiy gazdan qarzdorlikka oydinlik kiritish masalasida tuman prokuraturasiga qilgan murojaati masalaning tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida iste’molchining shaxsiy hisob varaqasidagi ma’lumotlar gaz idorasining “Billing” dasturi bo‘yicha solishtirilganda, iste’molchi xonadoniga 2023 yilning 4 fevral kunida o‘rnatilgan yangi gaz hisoblash uskunasi bazada ro‘yxatga olinmaganligi hamda operatorlar tomonidan iste’molchining xatlovi o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi oqibatida iste’molchi hisob raqamida haqiqatdagi 790 860 ming so‘mlik iste’mol ko‘rsatkichi o‘rniga 3 663 093 so‘m miqdoridagi iste’mol summasi (qarzdorlik) kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

Tuman jamiyati tomonidan o‘rganish davomida to‘plangan hujjatlar, iste’molchiga nisbatan noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorlik summasini bartaraf qilinishi va «Billing» dasturidan chiqarilishi chora-tadbirlarini ko‘rilishi uchun, «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali tuman bo‘limiga chiqarildi.

Feruza Umurzaqova,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.

 

Отправить комментарий