Uzrli sabab bilan aviareysdan qolib ketgan fuqarolarning chipta pullari qaytarib olindi

Uzrli sabab bilan aviareysdan qolib ketgan fuqarolarning chipta pullari qaytarib olindi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Quvasoy ko‘chasida yashovchi X.M.ning sog‘ligi yomonlashgani sababli Istambul-Farg‘ona aviareysdan qolib ketganliklari va uzrli sabablar bilan foydalana olmagan mazkur chiptalarning pulini qaytarib olisholmayotganligi xususida qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi Farg‘ona shahridagi «Grand avia travel» aviachiptalar sotish shoxobchasidan Turkiyaning Istambul shahridan Farg‘onaga qaytish uchun 3 kishiga 6 200 000 so‘mga chipta sotib olgan. Lekin Turkiyadan qaytadigan kuni chiptalarni registratsiya qilish jarayonida to‘satdan sog‘ligi yomonlashib, aeroport tibbiy yordam brigadasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatiladi va shifoxonaga olib ketiladi. Natijada farzandi va nabirasi bilan Istanbul aeroportidan uchadigan aviareysdan qolib ketadilar. Aeroport mas’ullari tomonidan ularga aviachipta uchun to‘langan pulni qaytarib olishlari mumkinligi tushuntirilgan. Lekin Farg‘onaga kelganlaridan so‘ng chipta pulini qaytarib olish ishlari cho‘zilib ketgan.

Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan mazkur holat yuzasidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasiga so‘rov xati kiritildi. Ushbu tashkilotdan ijobiy javob olingach, yuqorida nomi keltirilgan aviachiptalarni sotish shoxobchasidan chipta uchun to‘langan pullar qaytarib olindi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий