Iste’molchi muammosi bartaraf etib berildi
O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning «Sho‘rsuv» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi B.S.ning tovarning shartnoma qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida, 11 149 600 so‘mga sotib olingan kondisionerda nuqsonlar kuzatilayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda “SItronoc” rusumli kondisioner joriy yilning iyun oyi boshlarida tumandagi “Idea” savdo do‘konidan bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilinganligi, kondisionerni ishlatish jarayonida uning issiq havo haydamayotganligi holati bo‘yicha savdo do‘koni sotuvchilarga murojaat qilgani, sotuvchilar tomonidan mazkur rusumli kondisionerlarga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyaga bog‘lanish ma’lumotlari berilganligi, iste’molchi joriy yilning 14-martida servis xizmatiga bog‘lanib bir marta murojaat qoldirganligi, lekin ustalarni yuborish paytida kondisionerning issiq havo haydash funksiyasi ishalb ketganligi aytilib, buyurtma bekor qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish ishlari jarayonida iste’molchi kondisioneri servis ustalari ko‘rigidan o‘tkazilib, undagi nuqson kondisioner filtrlariga chang to‘lib qolganligidan kelib chiqayotgani aniqlandi va muammo bartaraf etildi.
Isomiddin Abbasov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий