Tayanch guruhlari faollari bilan uchrashuvlar tashkillanmoqda

Tayanch guruhlari faollari bilan uchrashuvlar tashkillanmoqda

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga asosan tumandagi Federatsiya boshlang‘ich tashkilotlari (tayanch guruhlari) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda Federatsiya a’zolari ishtirokida amaldagi qonunchilik targ‘iboti va sohaga oid yangiliklarga bag‘ishlab turli ko‘rinishlardagi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlar tumandagi Ko‘p tarmoqli poliklinika hamda 2-umumta’lim maktablarida ham o‘tkazildi. “Inson huquqlari himoyada” mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirlar doirasida ishtirokchilarga sohaga oid qonunchilik asoslari, uning yurtimiz aholisi (iste’molchilar) uchun ahamiyati va jamiyat hayotida tutgan o‘rni xususida, shuningdek Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlash va aholining keng qatlamlari o‘rtasida targ‘ibotini olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlar berib o‘tildi.

Tadbirlarda so‘z olganlar o‘z tashkilotlarida ish olib borayotgan Federatsiya boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uning faoliyatini yanada takomillashtirish borasida o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bildirib o‘tdilar. Shuningdek, iste’mol sohasining savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish, servis xizmatlari, kommunal xo‘jalik, ta’lim va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblarni ham oldilar.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий