Avtomobilni ta’mirlash davomida to‘liq bartaraf etilmagan nuqson qaytadan ta’mirlash davomida bartaraf etib berildi

Avtomobilni ta’mirlash davomida to‘liq bartaraf etilmagan nuqson qaytadan ta’mirlash davomida bartaraf etib berildi

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Toshhovuz» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi X.N. ning tuman hududida faoliyat olib boruvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ustaxonasi ustalari xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini «Qorasoqol» mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boruvchi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasida mashinasini motor qismini to‘liq ta’mirlatadi. Buning uchun esa ehtiyot qismlari uchun 5 000 000 so‘m, usta xizmati uchun 950 000 so‘m sarf qiladi. Biroq avtotransport ta’mirdan chiqqanidan so‘ng 3 kun ichida unda yana o‘sha nuqson kuzatila boshlaydi. Iste’molchining mashinasini qaytadan ta’mirlab berishlarini aytib ustaga qilgan murojaati esa qanoatlantirilmagan.

O‘rganish ishlari jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi tomoniga amaldagi qonunchilik targ‘iboti olib borilishi, iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchining huquq va majburiyatlari, shuningdek qonunchilik talablarini bajarmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar tushuntirilgach, xizmat ko‘rsatuvchi tomoni avtomashinani qaytadan, bepul ta’mirlab berishni o‘z zimmasiga oldi.

Shavkatjon Saidov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий