Marg‘ilon va Quvasoy shaharlaridagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Marg‘ilon va Quvasoy shaharlaridagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi targ‘ibot tadbirlari rejali asosda davom ettirilmoqda. Marg‘ilon hamda Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot shaklida tashkillangan tadbirlar shular jumlasidandir.

Marg‘ilon shahri

Marg‘ilon shahar Bolalar shifoxonasi xodimlari ishtirokida tashkillangan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, Federatsiya hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sohaga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlanishini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish natijalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuning bilan birgalikda, jamiyat xodimlari internet texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib borayotganligi, bu esa har birimizdan undan to‘g‘ri va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini talab qilishidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan turli xabarlar va reklama materiallari, feyklar, internetdagi firibgarlik, mediasavodxon bo‘lish, onlayn platformalar orqali savdo amaliyotlarini hamda turli mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan ham tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Quvasoy shahri

Quvasoy shahar «Pastki Mo‘yan» oilaviy shifokorlik punktida tibbiyot xodimlari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik, qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.

Yuqoridagi tadbirlar doirasida tibbiyot sohasi tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining iste’molchilik sohasini tartibga solishga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalaridagi takliflari tinglandi hamda savollariga javoblar qaytarildi.

Отправить комментарий