Raqobat qo‘mitasiga kelib tushgan murojaat o‘rganilishi ishlarida amaliy hamkorlik olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Bugungi kunda Qo‘mita va uning hududiy idoralari hamda Federatsiyaning tuman (shahar)lardagi jamiyatlari o‘rtasida iste’molchilardan reklama sohasiga oid masalalarda kelib tushayotgan turli murojaatlarni o‘rganilishi jarayonlarida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida yashovchi X.M.ning mahallasidagi yo‘l ustidan arka shaklida olib o‘tilgan gaz tarmog‘iga noqonuniy reklama bannerlari joylashtirilgani yuzasidan qilingan murojaatini o‘rganish ishlarini bunga yorqin misollardan biri sifatida keltirish mumkin.
Murojaat muallifi o‘z murojaatida mahalla aholisi hashar yo‘li bilan yo‘l tagidan o‘tgan gaz tarmog‘ini yo‘l ustidan arka ko‘rinishida olib o‘tganliklari, mazkur arka obodonchilik va mahalla ko‘rinishi uchun xizmat qilishi lozim bo‘lgan jamoat inshooti hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. Biroq, ayrim tadbirkorlar tomonidan ushbu arkaga aholi roziligisiz turli reklama bannerlari joylashtirilgani mahalla fuqarolarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani, bu holat arkaning tashqi ko‘rinishini buzishi, jamoat manfaati uchun qurilgan inshootning shaxsiy tijorat maqsadlarida foydalanilayotgani qo‘shimcha qilib o‘tilib, qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rishni so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunida reklama konstruksiyalarini joylashtirish tegishli vakolatli organlar ruxsati asosida amalga oshirilishi, muhandislik-kommunikasiya inshootlari va jamoat ob’ektlaridan o‘zboshimchalik bilan reklama maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Fuqaro murojaatida keltirilgan ob’ektda joylashtirilgan reklama banerlari esa mazkur talablarga javob bermasligidan hamda aholining haqli e’tirozlariga ham sabab bo‘layotganidan kelib chiqilgan holda, gaz tarmog‘i arkasidagi noqonuniy reklama banerlari olib tashlanib, murojaat ijobiy hal etildi.
(sun’iy intellekt yordamida yaratilgan illyustrativ foto)



Отправить комментарий