Beshariq tuman jamiyati ham tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlaridan chetda turgani yo‘q

Beshariq tuman jamiyati ham tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlaridan chetda turgani yo‘q

Joriy yilning 1-may kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Beshariq tumanining “Vorux Dasht” va “Yangiqo‘rg‘on” MFYlaridagi ayrim hududlar, shu jumladan 44-umumta’lim maktabi ham yomg‘ir suvlaridan talofat ko‘rgan edi.

Ayni paytda 44-maktab hududida kuchli yomg‘ir talofatlari bartaraf etilib , hozirda so‘nggi ishlar, ya’ni obodonlashtirish, ichki ariq va kollektorlarni tozalash va tartibga keltirish, maktab hovlisi va unga tutash bo‘lgan bog‘ maydonlarini tozalash ishlari hashar usulida amalga oshirilmoqda.

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ham mazkur maktabda bo‘lishib, Federatsiyaning mazkur ta’lim muassasasida tashkillangan boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, maktab rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib, hasharchilarga kunlik tushlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdilar.

Отправить комментарий