Xavfsiz tanlov qilish bo‘yicha iste’molchiga 10 tavsiya (infografika)

Xavfsiz tanlov qilish bo‘yicha iste’molchiga 10 tavsiya (infografika)

Do‘kon, dorixona, o‘quv markazi yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga kirganingizda eng avvalo nimaga e’tibor berasiz?

Aslida, iste’molchi sifatida to‘g‘ri, aniq va tushunarli axborot olish – Sizning qonuniy huquqingizdir.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringlari ayrim obyektlarda tashqi yozuvlar, reklama matnlari, narxlar, aloqa ma’lumotlari va boshqa muhim axborotlarni joylashtirishda kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

Shu sababli Siz uchun «Xavfsiz tanlov qilish bo‘yicha iste’molchiga 10 tavsiya» infografikasini tayyorladik.

Unda quyidagi muhim tavsiyalar o‘rin olgan:
— davlat tilidagi axborotga e’tibor bering;
— reklama va va’dalarning ishonchliligini tekshiring;
— narx va xizmat shartlarini oldindan bilib oling;
— aloqa ma’lumotlari va ish vaqtini tekshiring;
— mahsulot va xizmat haqida to‘liq axborot talab qiling;
— huquqlaringiz buzilsa, befarq bo‘lmang.

Esda tuting! Ongli tanlov – xavfsiz xarid va sifatli xizmatning eng muhim kafolatidir.

Отправить комментарий