Texnikumlarda jamoatchilik monitoringi: ta’lim sharoitlari o‘rganilmoqda
Farg‘ona viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida jamoatchilik monitoringi — kuzatuv va o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi Ishchi guruhi tomonidan Quvasoy shahridagi texnikum hamda Farg‘ona tumanidagi 3-son texnikumda jamoatchilik monitoringi tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni kuzatish, ularning huquq va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.
Monitoring jarayonida ta’lim muassasalarining bino va xonalari holati, mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimlarining ishlashi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi, xavfsizlik choralari va o‘quvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilganligi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Bunday kuzatuv va o‘rganishlar ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni xolis baholash, o‘quvchi-yoshlarning manfaatlariga daxldor masalalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Federatsiyaning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy soha ob’ektlarida xizmatlar sifati va xavfsizligiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘rganishlar natijalari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi, zaruratga ko‘ra, ularni vakolatli tashkilotlarga kiritish choralari ko‘riladi.



Отправить комментарий